Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya Ishtixon tumanida erkin qoldiq mablag‘larni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktab infratuzilmasi masalasi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🔌 Aholi murojaati o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
♻️ Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
#kengash_raisi Xalq tashabbuslari — doimiy e’tiborda
янв.21
Ishtixon tumanida “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari tasdiqlandi
янв.21
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi
янв.21
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
янв.21
📌 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov tomonidan “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlik nazoratiga olindi.

Mazkur hududda Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish-montaj ishlari “YTT Termiz tezkor qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.

Deputat tomonidan loyiha ijrosining borishi, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi manfaatlarini ta’minlash masalalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Slide 1 of 3