Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya Ishtixon tumanida erkin qoldiq mablag‘larni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktab infratuzilmasi masalasi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🔌 Aholi murojaati o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
♻️ Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
#kengash_raisi Xalq tashabbuslari — doimiy e’tiborda
янв.21
Ishtixon tumanida “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari tasdiqlandi
янв.21
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi
янв.21
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
янв.21
📌 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi doimiy komissiya

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI DOIMIY NAZORATDA!

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi M. Mexmonov raislik qildi.

Yig‘ilishda shahar prokurori, adliya maslahatchisi S.Axmadjonov tomonidan shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i J.Xasanovlar 2025 yil davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan axborot va hisobotlar atroflicha eshitildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ–1-sonli hamda 2025 yil 18 martdagi PQ–111-sonli qarorlari ijrosining amaldagi holati, 2025 yil davomida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, qonuniylikni ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida prokuratura hamda ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar tanqidiy-taxliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, shaharda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholi o‘rtasida qonunga hurmat ruhini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya a’zolari tomonidan mavjud muammolar yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar bildirildi, mas’ul tashkilotlar oldiga manzilli vazifalar qo‘yildi hamda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qonuniylik, xavfsizlik va korrupsiyaga murosasiz munosabat — jamiyat barqarorligi garovidir.

Slide 1 of 7