Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya Ishtixon tumanida erkin qoldiq mablag‘larni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktab infratuzilmasi masalasi o‘rganildi
янв.21
♻️ Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🔌 Aholi murojaati o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
#kengash_raisi Xalq tashabbuslari — doimiy e’tiborda
янв.21
Ishtixon tumanida “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari tasdiqlandi
янв.21
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi
янв.21
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
янв.21
📌 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari N. Sulaymonov hamda A. Nozimovlar ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari N. Sulaymonov hamda A. Nozimovlar ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

 🔹Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’lim-tarbiya jarayonidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda maktab va ota-onalar hamkorligini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

🔹Deputatlar o‘z nutqlarida bugungi kunda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, farzandlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyati va e’tibori muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

🔹Uchrashuv davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Jumladan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, internetdan to‘g‘ri foydalanish, kasb-hunar tanlash, huquqbuzarlikning oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi. Deputatlar barcha savollarga atroflicha javob berib, bildirilgan taklif va muammolarni o‘rganib chiqishlarini ma’lum qildilar.

Slide 1 of 4