Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Ish_reja ✨ Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi
янв.21
#Ish_reja_ijrosi 👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi ish rejasining 15 kunlik ijrosi haqida
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Barlos mahallasida To‘sinsoyga suv to‘suvchi inshoot va kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Sohibkor mahallasidagi Tusinsoy soyida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Gulobod mahallasida yangi bog‘cha qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Ishtixon markazidagi eski uylarni renovatsiya qilish va kanalizatsiya tizimi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#24_ta_masala ✅Zartepa MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Zartepa” mahallasida yirik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Beshkapa” mahallasida 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya 🤩 Ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalasi Kengash nazoratida
📌 Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va kiberxavfsizlik masalalari muhokama qilindi

Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M. Raximov tomonidan o‘z hududidagi 67-maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, ularning huquqiy ongini va mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda keng tarqalayotgan firibgarlik holatlari hamda kiberjinoyatlar haqida batafsil tushuntirish berildi.

Bitiruvchilarga internet tarmog‘ida ehtiyotkor bo‘lish, turli noma’lum va begona Telegram-botlar hamda shubhali havolalarga kirmaslik, ularning rasmiyligini tekshirmasdan foydalanmaslik zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek:

shaxsiy ma’lumotlarni (pasport ma’lumoti, bank karta raqami, SMS-kodlar va boshqalar) begona shaxslarga bermaslik;

ijtimoiy tarmoqlarda shubhali sahifalar va e’lonlarga ishonmaslik;

turli “yutuq”, “pul ishlash” yoki “tez daromad” va’dalariga aldanmaslik;

noma’lum kontentlarga “layk” bosish yoki ulashish orqali javobgarlik yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Deputat tomonidan yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlash bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi. Ayniqsa, kiberjinoyatlar ko‘pincha yoshlarning ishonuvchanligi va beparvoligidan foydalanib sodir etilayotgani misollar orqali tushuntirib berildi.

Uchrashuv yakunida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda qonunlarga hurmat bilan qarash, hushyorlikni yo‘qotmaslik va har qanday shubhali holatda mas’ul idoralarga murojaat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday profilaktik uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda hududda jinoyatchilikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4