Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
янв.21
📌 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 MEHNAT YARMARKASI — AMALIY MULOQOT MAYDONI
янв.21
📰 “Ishtixon ovozi” gazetasida maqola
янв.21
🏫 69-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi
янв.21
👥 Sohibkor mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
📋 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni o‘rganildi
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.

 Murojaatnoma - harakat rejasi,
Strategiya -
maqsad va natija. 

  

2026-yilda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan
ustuvor vazifalar mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini belgilab beruvchi muhim
dastur sifatida jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olmoqda. Ana shu vazifalar
ijrosini ta’minlash, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati
va uning amaliy ahamiyatini joylarda chuqur anglash hamda keng jamoatchilikka yetkazish,
xalq farovonligini mustahkamlash va mahallalarni barqaror rivojlantirish maqsadida
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon
Raximov hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP
Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimovlar tashabbusi
bilan tuman hududidagi 3-sonli umumta’lim maktabida pedagog-xodimlar ishtirokida
uchrashuv tashkil etildi.
 

Uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasida ta’lim sohasiga
oid belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, bilimli, vatanparvar va raqobatbardosh
yosh avlodni tarbiyalash, pedagog kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim
sifati va samaradorligini oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Shu bilan
birga, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ta’limni isloh qilish, mahalla
va maktab hamkorligini mustahkamlash, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarning
mohiyati atroflicha tahlil qilindi.
 

Tadbirda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar
nafaqat bugungi kun, balki mamlakatning kelajagi, xalq farovonligi va jamiyat barqarorligi
uchun mustahkam poydevor ekani ta’kidlandi. Pedagog-xodimlar tomonidan Murojaatnoma
va Strategiyada belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda o‘zlarining faol
ishtirokini yanada kuchaytirish, yoshlar tarbiyasida mas’uliyat va tashabbuskorlikni
oshirish bo‘yicha qator fikr va takliflar bildirildi.
 

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, unda davlat
siyosatida belgilangan ustuvor vazifalarni joylarda amalga oshirishda ta’lim muassasalari,
mahalla va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi qayd
etildi. Bunday uchrashuvlar Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini xalq
ongiga chuqur singdirish, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini hayotga tatbiq etishda
jipslik va mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 6