Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
янв.21
📌 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 MEHNAT YARMARKASI — AMALIY MULOQOT MAYDONI
янв.21
📰 “Ishtixon ovozi” gazetasida maqola
янв.21
🏫 69-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi
янв.21
👥 Sohibkor mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
📋 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni o‘rganildi
“VATAN HIMOYASI — MUQADDAS BURCH”

 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 25-sonli umumta’lim
maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Yu.Qurbaniyazov ishtirok etib, yurtimizda Vatan himoyachilariga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yosh avlodni har tomonlama barkamol, vatanparvar va jasoratli qilib tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi. 

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan vatanparvarlik, jasorat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan harbiy chiqishlar, she’rlar, qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
 

Mazkur tadbir yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 5