Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ishtixon tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini yaratish yo‘lidagi amaliy ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
янв.21
📌 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 MEHNAT YARMARKASI — AMALIY MULOQOT MAYDONI
янв.21
📰 “Ishtixon ovozi” gazetasida maqola
янв.21
🏫 69-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi
янв.21
👥 Sohibkor mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashiga rais saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi 120-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning o‘tish qoidalariga asosan mazkur tartib bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xususan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu amaliyot barcha tuman Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, bugun “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16³-moddasida belgilangan tartibda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi lavozimiga saylov o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Turdiyev Akrom Abdumurodovich Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi etib saylandi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 10