O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qarori — *“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi qarori ijrosi, shuningdek kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan “Ishtixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining hisobotini Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tingladi.
Uchrashuv davomida tumanda gaz tarmoqlarini ta’mirlash, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlash, shuningdek energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlar hamda mavjud kamchiliklar muhokama qilindi.
🔹 Deputatlar tomonidan gaz tarmoqlaridagi nosozliklarni bartaraf etish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish, aholining xavfsizligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida uzluksiz ta’minotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi.
📌 Muhokama yakunida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish va tizim samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.