Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
янв.21
📌 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 MEHNAT YARMARKASI — AMALIY MULOQOT MAYDONI
янв.21
📰 “Ishtixon ovozi” gazetasida maqola
янв.21
🏫 69-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi
янв.21
👥 Sohibkor mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
📋 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni o‘rganildi
Deputatlar_faoliyati

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati K.Amanqulov “Navbahor” saylov okrugida bo‘lib, okrugdagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.Yig‘ilishda deputat tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish, mahallada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida deputat mahalla faollari tomonidan berilgan savollarga javob berib, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari yaqindan tanishdi. Shuningdek, aniqlangan mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqilib, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

Slide 1 of 6