Joriy yilning 28-fevral kuni Boyovut tumani Tibbiyot birlashmasi KTMPda Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 16-Do‘stlik saylov okrugi deputati Zafar Alimov hamda Adolat SDP Boyovut tuman Kengashi bilan hamkorlikda, hududlarda aholi orasida onkologik kasalliklarini oldini olish, aholi va tibbiyot muassasalarini arzon hamda sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha SAVOLNOMAlarga doir o‘rganishlar olib bordi.
Tashrif davomida tibbiyot xodimlari bilan muloqotlar qilindi. Tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.