35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🏛️Ijtimoiy xizmatlar sifati — deputatlik nazoratida

⏺Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov shahardagi “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning bugungi kundagi faoliyatini o‘rgandilar.

💬O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim bilan tegishli qonunlar asosida tuzilgan savolnomalar bo‘yicha suhbat o‘tkazilib, uning kundalik faoliyati, fuqarolar bilan ishlash tartibi, ijtimoiy xizmatga ehtiyoji bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli xizmatlarga yo‘naltirish borasidagi ishlari tahlil qilindi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son Qonuni hamda “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-son Qonuni asosida tuzilgan savolnomalardan foydalanildi.
Xususan, ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ehtiyojlarini baholash, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan individual ishlash, mavjud ijtimoiy xizmatlar haqida ma’lumot berish, zarur hollarda fuqarolarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ijtimoiy xizmatlarning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu sababli o‘rganish davomida mahallada ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi ham tahlil qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy xodimning mahalla faollari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorligi, fuqarolarning muammolarini hal etishda amaliy choralar ko‘rilishi hamda ehtiyojmand aholini ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish masalalari yuzasidan ham suhbat olib borildi.
Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilib, uning natijalari Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rganish davomida aniqlangan holatlar umumlashtirilib, qonunchilik talablari ijrosini yanada ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli xulosalar shakllantiriladi.
Aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va qonunlarning joylarda amalda ishlashini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.