35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlari G.Absatova va B.Bekmurodovlar tomonidan Yangiqishloq mahallasida mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar muammolarini hal etish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Tahlillar natijasida ayrim yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligi qayd etildi. Xususan, aholi muammolarini manzilli hal etish, murojaatlar ijrosini nazorat qilish, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahalla yettiligi a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mahallada mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, aholi bilan muloqotlarni tizimli tashkil qilish hamda profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunida mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi roziligini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borilishi qayd etildi.

Slide 1 of 5