35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputatlari G.Absatova va B.Bekmurodovlar tomonidan hududda barpo etilayotgan 19-maktab binosidagi qurilish ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish materiallaridan foydalanish holati hamda obyektning belgilangan muddatlarda topshirilishi bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.
Tahlillar davomida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yana-da jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Xususan, qurilish ishlarining ayrim bosqichlarida sur’atni oshirish, ichki va tashqi hududlarni obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, qurilish sifati ustidan texnik nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, obyektda mehnat muhofazasi va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash hamda kelgusida o‘quvchilar uchun zamonaviy va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, qurilish ishlarining borishi muntazam monitoring qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 9