Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi tomonidan 24-Karvon saylov okrugi hududida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda aholining murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hokim yordamchisining mahalladagi aholi bilan ishlash samaradorligi, muammoli masalalarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xurramov Laziz ham ishtirok etdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Deputatlik nazorati — hududdagi muammolarni aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2