35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Deputat so‘rovi amalda: muammo joyida o‘rganilib, ijobiy yechim topdi

Deputat so‘rovida hududdagi elektr tarmoqlarining texnik holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, kuchlanishning me’yordan past bo‘lish sabablarini aniqlash, transformator punktining yuklama darajasini baholash hamda zarurat bo‘lsa, quvvati yuqoriroq transformator o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar ilgari surildi.

Mazkur deputat so‘rovi asosida Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari ishtirokida hududda o‘rganish ishlari olib borildi. Joyiga chiqib o‘tkazilgan texnik tekshiruvlar davomida elektr ta’minoti tizimi ko‘zdan kechirildi, transformator punkti va iste’molchilar tarmoqlari o‘rganildi hamda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, elektr ta’minoti holati nazoratdan o‘tkazilib, zarur texnik choralar ko‘rildi va masala ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularni qonuniy asosda hal etish hamda ijrosini deputatlik nazorati orqali ta’minlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.