35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
“Kattabog‘” mahallasida Yoshlar yetakchisi faoliyati PF–116 Farmoni ijrosi doirasida o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida olib borilgan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri davomida  Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga 5-"Kattabog‘" saylov okrugidan saylangan deputat I.Tangirov  shuningdek shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov "Kattabog‘" mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tarkibidagi Yoshlar yetakchisi faoliyatini joyida o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida PF–116-son Farmonining IV-bobi – Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari ijrosi yuzasidan quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
✅ yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga va umummilliy manfaatlarga xizmat qiluvchi loyihalarga jalb etish;
✅ yoshlarning iqtidori va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlar hamda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi ishlar samaradorligi;
✅ mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
✅ "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyili asosida tashkil etilishi va murojaatlar bilan ishlash holati.
Nazorat-tahlil davomida hujjatlar, elektron ma’lumotlar bazasi hamda amalga oshirilgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyat samaradorligini oshirish va Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning bandligi, ijtimoiy faolligi va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan muntazam monitoring qilib borilmoqda.