Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!

 Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi 1-Sh.Rashidov saylov okrugi deputati, tuman hokimi Sh.Darvishev tuman Yoshlar shaharchasida barpo etilgan Kurash saroyining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Tadbir davomida deputat kurash sport turi bilan muntazam shug‘ullanayotgan yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Shuningdek, yosh sportchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Yangi foydalanishga topshirilgan Kurash saroyi yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iste'dodini namoyon etishi va kelgusida yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan sportchilar safini kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4