Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida 🏛️Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-28-8-121-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan, 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ID-053471819009 va ID-053471835009 loyihalari asosida shahar oilaviy poliklinikalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida xarid qilingan tibbiy jihozlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

💬O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi hamda ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov, kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi S.Majidov ishtirok etdi.

💬Nazorat-tahlil tadbirida xarid qilingan barcha jihozlarning texnik hujjatlari, xarid jarayonining qonuniyligi, amalda foydalanishga topshirilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

📄O‘rganish yakunlari asosida tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar va doimiy komissiya xulosalari Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinadi.

🫥Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda “Tashabbusli budjet” loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Slide 1 of 5