Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Shaxnoza Umarova tomonidan “Chimyon” mahallasida saylovchilar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda tuman hokimligining mas’ul xodimi, tuman kommunal xizmati va “mahalla yettiligi” vakillari hamda mahalladagi faol fuqaro va nuroniylar ishtirok etdi.

Deputat o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida saylovchilar bilan 5 marotaba uchrashuv o‘tkazilgani hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tizimli ishlar olib borilganini ma’lum qildi. Murojaatlar asosida 2 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi natijasida hududdagi obodonlashtirish va ijtimoiy himoya masalalari bilan bog‘liq muammolar ijobiy hal etiligani hamda mavjud mummoli murojaatlar deputatlik nazoratiga olinganligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, deputat Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining doimiy komissiyalari faoliyatida ham faol qatnashib, hududni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ekologiya, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan muhokamalarda ishtirok etib, tegishli tavsiyalar bildirganligini ma’lum qildi.

Slide 1 of 3