Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Sessiya oldi o‘rganish: veterinariya xizmatlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining hisoboti kiritilganligi munosabati bilan deputatlar tomonidan joylarda sessiya oldi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Jumladan, tuman Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Elbek mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, veterinariya xizmatlarining ko‘rsatilish holati, chorva mollari salomatligini saqlash, profilaktik emlash tadbirlarining tashkil etilishi hamda sohaga oid mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi fikr va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada veterinariya sohasi faoliyatiga xolis baho berish va mavjud muammolar yechimi yuzasidan zarur choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3