Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi

Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat tomonidan o‘rganildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari bo‘yicha biriktirilgan vazifalar ijrosi doirasida mahallalarda aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej hamda akademik litseylarning sport zallari, ulardagi sport anjomlari va jihozlarining mavjudligi hamda texnik holatini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

🇺🇿 Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 10-Oqmasjid saylov okrugi deputati Abdullayev Farxod Ravshanovich okrugdagi Oqmasjid mahallasi hududini ko‘chama-ko‘cha aylanib, mavjud sport infratuzilmasi va obodonlashtirish holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

📇  O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi sport maydonchasini joriy ta’mirlash, unga tutash hududni obodonlashtirish, shuningdek, mahalla bog‘ining piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash hamda hududning yon devorlarini barpo etish zarurligi bo‘yicha masalalar ko‘tarildi.

🧠 O‘rganishda Oqmasjid mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi Rixsitilla G‘iyosov, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

📝 Aniqlangan muammolar deputatning murojaatlarni qayd etish daftariga kiritildi. Mazkur masalalarni hal etish maqsadida Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish yuzasidan tegishli deputatlik so‘rovi kiritilishi belgilandi.

🗂 Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-son "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonuni hamda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga oid davlat siyosati doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Xususan, mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud sport maydonchalari va inshootlarini saqlash hamda ta’mirlash, aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.

📈 O‘rganish yakunlari bo‘yicha bildirilgan taklif va tashabbuslarning amaliy ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.

🔼 Mazkur ishlarning amalga oshirilishi mahallada sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7