Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
ZOMIN TUMANIDA FAXRIYLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Zomin tumanida faxriylar hamda yoshi ulug‘ insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida qator ezgu tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Zomin tumani O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i S. Parmanov hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Zomin tuman bo‘limi boshlig‘i tuman Kengashi deputati O‘. Akkulov tomonidan Istiqlol QFY hududida istiqomat qiluvchi yolg‘iz qariya Isakova Safiya opa, shuningdek, front ortida fidokorona xizmat qilgan mehnat faxriysi Eshqo‘ziyeva Nesibali xolaning holidan xabar olindi.

Uchrashuv davomida faxriylarning bugungi hayoti, salomatligi va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek, nuroniylarni e’zozlash, ularning munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Faxriylar tomonidan ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirilib, yurtimizda inson qadri ulug‘lanayotgani, aholi farovonligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berildi.

Keksalarni qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lib, bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.