9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xalq deputatlari guliston tuman Kengashi 18-“Ishonch” saylov okrugi deputati V.Xaitovning tashabbusi bilan ma'naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir “Ishonch” MFY hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilib, unda mahallada istiqomat qiluvchi baynalminal jangchilar, mahalla nuroniylari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yurt tinchligi, Vatanga sadoqat, kattalarga hurmat va ajdodlar xotirasini e’zozlash kabi ezgu qadriyatlar haqida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.