Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Mirobod tumanidagi sug‘orish tizimi bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📍 Mirobod tumanidagi sug‘orish tizimi bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva tomonidan Mirobod tumani “Yangi Qo‘yliq” mahallasidagi yashil hududlarni sug‘orish tizimi bilan bog‘liq masala yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📝 Deputatlik so‘rovida “Yangi Qo‘yliq” MFY hududidagi 1–16-sonli uylar atrofida sug‘orish tizimi mavjud emasligi, hududda 300 dan ortiq ko‘p yillik manzarali daraxtlar hamda 400 dan ziyod yangi ekilgan ko‘chatlar bo‘lishiga qaramay, yashil hududlar yetarli sug‘orish tizimi bilan ta’minlanmagani ko‘tarilgan edi.

🔎 Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan yuborilgan javob xatida Mirobod tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yil uchun belgilangan “Obod mahalla” dasturi doirasida sug‘orish tizimlarini qayta ta’mirlash va tiklash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilgani ma’lum qilingan.

💧 Shuningdek, 2026-yil mart oyiga qadar sug‘orish tizimlarini yaxshilash hamda samaradorligini oshirish maqsadida pudratchi tashkilot tomonidan keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida to‘liq bajarilgani hamda ushbu tizimlar mahallaga topshirilgani qayd etilgan.

📉 Mazkur javob Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchi o‘rinbosari N.Umarov hamda Mirobod tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan.

🗣 Mazkur masala deputat Sevara Fayziyeva tomonidan nazoratda saqlanmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1