Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
📢 Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi faoliyati yuzasidan deputat so‘rovi

🗓 2026-yil 20-may kuni Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O. Masharipov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
⚖️ Mazkur so‘rov O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1109-sonli Qonuni, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-sonli hamda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–900-sonli qonunlar talablari asosida yuborildi.
🚔 So‘rovda hududda qonuniylikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yo‘l harakati xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan hududiy dasturlar ijrosi masalalari ko‘tarilgan.
📊 Xususan:
• huquqbuzarliklar profilaktikasi va yo‘l harakati xavfsizligiga oid hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ularni Xalq deputatlari tuman Kengashi muhokamasiga kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
• bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot
• ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” va chora-tadbirlar rejalarining tasdiqlanishi hamda ularning ijrosi
yuzasidan ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.
⚠️ Shuningdek, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 193-moddasiga muvofiq, deputat so‘rovini ko‘rib chiqmaslik yoki unga asossiz javob bermaslik mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik keltirib chiqarishi mumkinligi eslatib o‘tilgan.
✍️ Deputat so‘rovi Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati
Babajanov Jamolbek Jumabayevich tomonidan imzolangan.