Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATGA OLINDI

📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATGA OLINDI

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Nafosat Allaberganova tomonidan fuqaro murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputat so‘rovida Tuproqqal’a tumani “Saxovat” mahallasi Shijoat ko‘chasidagi 3-sonli yotoqxonaning tom qismidagi shiferlar kuchli shamol oqibatida yerga tushib ketgani qayd etilgan. Ushbu holat aholi hayoti va salomatligi uchun xavf tug‘dirayotgani hamda hududda noqulay vaziyat yuzaga keltirayotgani ta’kidlangan.

Shu munosabat bilan “Drujba Foton” boshqaruv servis kompaniyasiga holatni o‘rganish, zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat tomonidan mazkur masala ijrosi nazoratga olinib, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Fuqarolar manfaatlari — doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 1