Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Deputat mahallada Qaror ijrosi va bolalar salomatligi: 17-MTMdagi holat deputatlar nazoratida

 Qaror ijrosi va bolalar salomatligi: 17-MTMdagi holat deputatlar nazoratida 

Xalq deputatlari
tuman Kengashining 2025 yil 24 noyabrdagi VII-19-91-10-142-K/25-sonli qarori
ijrosini ta’minlash, xususan, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
hojatxonalarini qurish hamda ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning
maqsadli sarflanishini o‘rganish izchil davom ettirilmoqda.
 

Mazkur qaror
doirasida navbatdagi nazorat tadbiri 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat
(O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi), Kengash raisi A. Ibragimov hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi L. Iskandarov tomonidan amalga oshirildi. Jarayonda
tumandagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi (MTM) sharoitlar
joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
 

O‘rganish
davomida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
 

Bog‘chadagi
bolalar hojatxonalari shu kunga qadar ta’mirlanmagan;
 

Hojatxonalarning
umumiy sanitariya va texnik ahvoli qoniqarsiz holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
 

Go‘daklar
sog‘lig‘i va ularning munosib sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu infratuzilmaga bog‘liq. Shu bois, ajratilgan
mablag‘lar ijrosini paysalga solish yoki mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yish
mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas.
Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/