Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 8-«Istiqlol» saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Baxodir Maxamadaliyevich o‘zi saylangan hududdagi “Yangiobod” MFYga tashrif buyurib, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat “Yangiobod” MFY ijtimoiy xodimining faoliyatini o‘rgandi. Jumladan, hududda istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilli va maqsadli tashkil etilishi yuzasidan nazorat-tahlil olib borildi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar doirasida 5 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 2 ta xonadonga kiyim-kechak yetkazib berilgani, 29 nafar fuqaroga gaz va elektr energiyasi xarajatlari uchun kompensatsiya ajratilgani aniqlandi. Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 nafar fuqaroning davolanishi hamda 1 nafar fuqaroning jarrohlik amaliyoti uchun tavsiyanomalar rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, 1 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning
bandligi ta’minlangan, 3 nafar fuqaroga psixologik va 1 nafar fuqaroga yuridik xizmat ko‘rsatilgani qayd etildi. Uchrashuv yakunida mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 3