Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Allon mahallasida xavfsiz muhit va qonun ustuvorligi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi, 7-Zarafshon saylov okrugidan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi orqali saylangan deputat Muhamedov Yunus Shavkatovich “Allon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida deputat asosiy e’tiborni huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahalla faollari va profilaktika inspektorining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash hamda hududda “xavfsiz mahalla” tamoyillarini to‘liq joriy etish masalalariga qaratdi. Shuningdek, tungi vaqtlarda ko‘chalarning yoritilganlik darajasi, kuzatuv kameralarining ishlash holati hamda jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik suhbatlarning natijadorligi tahlil qilindi.
Yunus Muhamedov mahalla mas’ullari bilan muloqotda har bir huquqbuzarlikning kelib chiqish sabablarini chuqur o‘rganish va aholining osoyishtaligini ta’minlashda davlat tomonidan yaratilgan tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Bu kabi tahliliy o‘rganishlar mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4