Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
OILAVIY FAROVONLIK VA BANDLIK MASALALARI MFYLARDA O‘RGANILDI

OILAVIY FAROVONLIK VA BANDLIK MASALALARI MFYLARDA O‘RGANILDI

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar va ma’naviyat tayanchi sifatida e’tirof etilgan.

Partiyaning yillik ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov Taraqqiyot MFY va Xonchorbog‘ MFYda bo‘lib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla faollari bilan birgalikda mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek, bu kabi amaliy uchrashuvlar aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda hududlarda farovon muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4