Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Saylovchilar bilan uchrashuv va aholi bandligini ta’minlash ishlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O.Muzaffarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov va bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida “Jamiyat” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
✔️Uchrashuv davomida mahallada aholi murojaatlari, ijtimoiy muammolar hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.
✔️Tadbirda mahalla hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan hisobot eshitildi. Xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda imtiyozli kreditlar asosida o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
✔️Shu bilan birga, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda kasb-hunarga o‘qitish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
✔️Uchrashuv yakunida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 4