Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Xotin-qizlar masalalari tuman deputati hamda "MADAD" NNT nazoratida ko’rib chiqildi.

Toshrabot mahallada xotin-qizlar masalalari Tuman Kengashi mutaxassisi G.Soliyeva, 11-Toshrabot saylov okrugi deputati M.Umurova hamda "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayev tomonidan atroflicha o’rganildi. Bu jarayonda ayollarning ijtimoiy faolligi, bandligi va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Maxsus ravishda uy sharoitida mehnat qilish imkoniyatlari, kichik tadbirkorlik faoliyati, savdo-sotiq, xizmat ko’rsatish va kasb-hunarlarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi.

O’rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar bilan suhbatlar olib borildi. Ular o’zini qiziqtirgan muammolar va takliflarni bildirish imkoniga ega bo’ldi. Ayniqsa, to’qimachilik, tikuvchilik, so’nggi zamonaviy kasb-hunar kurslari orqali malaka oshirish va uy sharoitida daromad topish yo’llari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, tikuvchilik va boshqa kasb-hunar kurslarini tashkil etish, doimiy ish o’rinlari yaratish bo’yicha aniq vazifalarni belgiladi.

Mazkur tadbirlar mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ularni qo’llab-quvvatlash va jamiyatdagi o’rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Deputat tomonidan bu yo’nalishdagi ishlar muntazam nazorat qilib boriladi va samaradorligini oshirish bo’yicha zarur tavsiyalar berib boriladi
 

Slide 1 of 1