Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
Markaziy istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tumanning markaziy “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida bog‘ hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlarni kengaytirish, bolalar maydonchalari va dam olish maskanlarini tashkil etish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar va pudratchi vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish jarayonlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish hamda fuqarolar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🔷Ta’kidlanganidek, markaziy istirohat bog‘ini zamonaviy qiyofada barpo etish aholining mazmunli hordiq chiqarishi, ayniqsa yoshlar va oilalar uchun qulay dam olish muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5