Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Uch avlod uchrashuvi — tajriba, e’tibor va ma’naviy muloqot maydoni

Uch avlod uchrashuvi — tajriba, e’tibor va ma’naviy muloqot maydoni

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "14-O‘rikzor" okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abduraximovich tashabbusi bilan tumandagi 312-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

🗣 Mazkur tadbirda O‘rikzor, Zarafshon hamda Ko‘ksaroy mahallalarining nuroniylari, mahalla faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida nuroniylar tomonidan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, mahallalarda olib borilayotgan islohotlar hamda aholining turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida atroflicha fikr bildirildi.

✅ Shuningdek, tadbirda yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Nuroniylar o‘z hayotiy tajribasi va bosib o‘tgan yo‘llari haqida samimiy suhbat qurib, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, yurt ravnaqi uchun fidoyilik bilan xizmat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini ta’kidladilar.

💬 Tadbir davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy himoya, yoshlar bandligini ta’minlash hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar xususida ham fikr almashildi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga nuroniylar va mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

🔼 Uch avlod vakillarini bir maydonda jamlagan mazkur uchrashuv o‘zaro hurmat, hamjihatlik va ma’naviy birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 7