Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati E.Erkaboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktyabrda qabul qilingan “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘RQ–642-son Qonunining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mazkur qonunning ahamiyati, ona suti bilan oziqlantirishning bola salomatligi va rivojlanishidagi o‘rni, go‘daklar hamda kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan talablar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qonunda belgilangan me’yorlarga rioya qilish, yosh onalar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham fikr almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar va deputat tomonidan tegishli javob hamda tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4