Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasiga muvofiq, tumani Kengashi deputati J.Rahmonqulov tomonidan “Navbahor” mahallasida joylashgan 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlari bugungi kunda sustlashgani, ayrim yo‘nalishlarda ishlar to‘xtab qolgani kuzatildi. Xususan, maktab binosining tom qismi sifatli bajarilmaganligi sababli yog‘ingarchilik vaqtida suv o‘tkazayotgani aniqlandi. Mazkur holat ta’lim muassasasining sifatli va belgilangan talablarga mos ravishda foydalanishga topshirilishi yuzasidan jiddiy e’tibor qaratilishi lozimligini ko‘rsatmoqda.

Mas’ullar tomonidan bildirilishicha, obyektni joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Vaholanki, mazkur maktabni Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish belgilangan edi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatsiz bajarilgan qismlarni qayta ko‘rib chiqish hamda obyektni belgilangan talablar asosida sifatli tarzda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va tanqidiy fikrlar bildirildi.

Slide 1 of 7