Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Deputat tomonidan maktablarda yangi qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat Maxfuza Isroilova tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida pedagoglar va soha xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda asosan ikki muhim huquqiy hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi:

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-419): Deputat korrupsiyaning jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy oqibatlari, ta’lim muassasalarida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-901): 2024-yil 1-fevralda qabul qilingan ushbu yangi qonun bilan pedagoglarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati davlat himoyasiga olinganligi, ularning ijtimoiy himoyasi va kasbiy faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari alohida tushuntirildi.

Muloqot davomida o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ularni o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilmaslik hamda huquqiy savodxonlikni yuksaltirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga deputatdan javob oldilar.

Slide 1 of 3