Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
Ta’lim sifati va infratuzilma: 14-maktab faoliyati e’tiborda

Ta’lim sifati va infratuzilma: 14-maktab faoliyati e’tiborda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 11-Sapzipoya saylov okrugidan saylangan deputat S. Ikromov bilan birgalikda Guliston MFY hududida joylashgan 14-sonli maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasining shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktab hududida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, mini sport maydonchasi, zamonaviy jihozlangan tibbiyot xonasi hamda zarur dori vositalari bilan ta’minlanganligi e’tibordan chetda qolmadi. Shuningdek, fan laboratoriya xonalari barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangani, milliy cholg‘u asboblari bilan boyitilgan madaniy muhit yaratilgani alohida e’tirof etildi.

Bundan tashqari, maktab hududidan unumli foydalanilib, poliz ekinlari ekilgani, o‘quvchilarda mehnatsevarlik va tabiatga mehr tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilayotgani qayd etildi. Yaratilgan sharoitlar ta’lim sifatini oshirish va yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9