Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tashabbusi bilan ma’naviy tadbir o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tashabbusi bilan ma’naviy tadbir o‘tkazildi

Qiziriq tumani “Kunchiqish” mahallasida joylashgan 35-umumta’lim maktabida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Xolmo‘minov tashabbusi bilan nuroniy otaxonlar, faol yoshlar va keng jamoatchilik ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida keksa avlodning boy hayotiy tajribasi, ibratli hayot yo‘li hamda ezgu duolari yoshlar uchun haqiqiy hayot maktabi bo‘lib xizmat qildi. Nuroniylar tomonidan bildirilgan samimiy fikrlar, nasihatlar va ezgu tilaklar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Deputat tomonidan ilgari surilayotgan bunday tashabbuslar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni milliy va ma’naviy ruhda tarbiyalash hamda jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kelgusida ham bu kabi tadbirlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Xolmominov

Slide 1 of 5