Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
Deputatlar e’tiborida — xavfsiz mahalla va aholi osoyishtaligi: Uzunda muhim uchrashuv

Deputatlar e’tiborida — xavfsiz mahalla va aholi osoyishtaligi: Uzunda muhim uchrashuv

Uzun tumanidagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganishlar yakuniga ko‘ra, viloyat va tuman mutasaddilari ishtirokida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda:

📌 Aliyor Eshmatov – Davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i;

📌 Baxtiyor Babadjanov – Viloyat prokurori;

📌 Timur Ismailov – Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i;

📌 Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi deputatlari hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi.

🔍 Yig‘ilishda kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan mahallalarda faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashmagan, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar faoliyati keskin tanqid ostiga olindi.
Bu kabi tizimli ishlar hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish hamda har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli, xavfsiz hududga aylantirishga xizmat
qiladi.

Slide 1 of 1