Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
“Miyon Hazrat” obidasi - e’tibor markazida!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O’.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan shahrimizning noyob tarixiy va madaniy meros ob’yektlaridan biri hisoblangan “Miyon Hazrat” tarixiy-me’moriy obidasiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida majmuada olib borilayotgan ta’mirlash va restavratsiya ishlari bilan yaqindan tanishilib, tarixiy obidaning asl qiyofasini saqlab qolish, milliy me’morchilik an’analarini asrab-avaylash hamda ob’yektni kelajak avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, obidaning qadimiy yog‘och o‘ymakorligi namunalariga ega darvozalari, me’moriy bezaklari va tarixiy elementlarini ehtiyotkorlik bilan saqlash, restavratsiya jarayonida tarixiylikni yo‘qotmaslik yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, hududni obodonlashtirish, ziyoratchilar va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, obidaning turizm salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Maqsad-ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan bunday tarixiy obidalarni asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga beshikast yetkazish hamda milliy madaniy merosni targ‘ib qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4