Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
“YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — KELAJAKKA MUHIM QADAM”

“YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — KELAJAKKA MUHIM QADAM”

Navoiy davlat universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo hamda takliflarini tinglash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov, Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Laziz Qayumov hamda Milliy bankning Navoiy filiali rahbari Ziyodulla Adizov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifati, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar oldi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning tashabbuslari va innovatsion g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanishi, ular bilan doimiy muloqot olib borish muhim ekani ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Slide 1 of 7