Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Humo mahallasida kommunal xizmatlar holati o‘rganildi

Humo mahallasida kommunal xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanovalar tomonidan “Humo” mahallasi hududida istiqomat qiluvchi aholi uchun yaratilgan kommunal sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xonadonlarning issiq va sovuq suv bilan ta’minlanganligi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi.

Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va hududdagi ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan bunday ishlar aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5