Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HOLATI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘z saylov okrugidagi “Qizilsoy” MFYda bo‘lib, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida mahallada istiqomat qiluvchi nogironligi mavjud shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga davlat tomonidan ajratilgan imtiyoz va yordamlarning manzilliligi, maqsadli yetkazilishi hamda ularning amaldagi holati atroflicha tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, “Qizilsoy” MFYda ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan ro‘yxatga ko‘ra, davlat ta’minotidagi 6 nafar oila,
kambag‘allik reyestrida 12 nafar oila hamda 1 nafar kambag‘allik chegarasidagi oila mavjud bo‘lib, ular bugungi kunda belgilangan imtiyozlardan to‘liq foydalanib kelmoqda. Deputat tomonidan olib borilgan nazorat-tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur toifadagi fuqarolarga berilayotgan imtiyozlar amaldagi tartib asosida, shaffof va adolatli tarzda amalga oshirilayotgani, ajratilgan yordamlar o‘z egalariga o‘z vaqtida yetib borayotgani aniqlandi.
Shu bilan birga, deputat tomonidan kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 3