Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 1-Qoraqalpoq saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida “GM STYLE TEKSTIL” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi. Dastlab korxonada ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oylik maoshlarning o‘z vaqtida to‘lanishi hamda mavjud ish o‘rinlari yuzasidan xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, saylov okrugidagi korxonalarning investitsion faoliyati kompleks tahlil qilinib, sanoat rivoji, investitsiyalar jalb etilishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi holati baholandi. O‘rganish jarayonida “GM STYLE TEKSTIL” korxonasi
ilg‘or loyihalardan biri sifatida alohida e’tirof etildi. Joriy yilning birinchi choragida korxona tomonidan 1,5 mlrd so‘m miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilinib, 110 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Hozirda ishlab
chiqarish quvvatlarini kengaytirish ishlari olib borilib, qo‘shimcha 50 ta ish o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha ayniqsa xotin-qizlarni iqtisodiy faoliyatga keng jalb etib, ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga xizmat qilmoqda. O‘rganish davomida korxona rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, bozorlarni kengaytirish hamda davlat qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.Yakuniy xulosalar asosida tegishli tashkilotlarga quyidagi yo‘nalishlarda tavsiyalar berildi: sanoatga investitsiyalarni rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalarini
qo‘llab-quvvatlash, kichik va o‘rta biznes uchun qulay sharoitlar yaratish, aholi bandligini, ayniqsa ayollar va yoshlar bandligini oshirish.
Ko‘tarilgan masalalar nazoratga olinib, investitsion faollikni monitoring qilish va
muammolarni tezkor hal etish ishlari davom ettiriladi.
 

Slide 1 of 6