Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi


Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi bilan hamkorlikda xalq deputatlari viloyat hamda tuman Kengashlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, deputatlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini oshirish hamda aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, axborotlarni tezkor va ishonchli yetkazish, zamonaviy media vositalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlariga ijtimoiy tarmoqlarda sifatli kontent tayyorlash, rasmiy postlar yozish hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolar bilan samarali aloqa o‘rnatish hamda deputatlik faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim platforma hisoblanadi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kelgusida mahalliy Kengashlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda yanada faol va tizimli yoritish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirdilar

Slide 1 of 4