Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov hamda komissiya raisi o‘rinbosari G‘.Madumarov ishtirok etib, muassasada korrupsiyaning oldini olish, uning sabab va sharoitlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Deputatlar tomonidan hujjatlar yuritilishi, ichki nazorat tizimi, xodimlar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlari hamda ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan choralar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish yakunida muassasa xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi qonunchilik talablari hamda ularning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 10