Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
Kengash_faoliyati

Kitob — bilim manbai, ma’naviyat xazinasi

✅Bugun Bandixon tumani "Birdamlik" MFY hududida yangidan tashkil etilgan kutubxonaga Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassis E.Eshonqulovlar tashrif buyurdi.

✅Tashrif davomida deputat kutubxonaning kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar va mahalla yoshlarining mutolaaga bo‘lgan qiziqishi bilan yaqindan tanishdi. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev kutubxonada jamlangan adabiyotlar ko‘lamini ko‘zdan kechirar ekan, yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishda bunday maskanlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.

 

✅ Tashrif tafsilotlari:

✅Kutubxona fondidagi badiiy va ilmiy kitoblar ko‘zdan kechirildi.

✅Mahalladagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

✅Kelgusida kutubxonani raqamlashtirish bo‘yicha takliflar berildi.

✅Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev tomonidan bildirilgan tavsiyalar asosida endilikda kutubxonada "Yosh kitobxon" tanlovlarini muntazam o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

✅"Mahallada kutubxona tashkil etilishi — bu shunchaki bino emas, balki kelajak bunyodkorlari uchun bilim poydevoridir," — dedi deputat o‘z suhbati davomida.

📖 Asosiy maqsad: Mahallada ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash va yoshlarni kitobga qaytarish.

 Kitob o‘qigan inson dunyoni teranroq anglaydi. Mahallamizdagi ushbu kutubxona barcha uchun bilim o‘chog‘i bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 6