Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
Kengash_faoliyati

AHOLI SALOMATLIGI — DOIMIY NAZORATDA

✅Bandixon tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish va tibbiyot muassasalaridagi real holatni o‘rganish maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

✅ Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Xalmatov Isoqul Amandavlatovich hamda deputatga biriktirilgan tuman Kengashi xodimi bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar Bandixon tuman Tibbiyot Birlashmasi KTMP Oybek filialida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar.

✅O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?

✅ Xizmat sifati: Bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam darajasi va shifokorlarning muomalasi;

✅ Dori-darmon ta’minoti: Imtiyozli dori vositalari va zaruriy tibbiy buyumlarning mavjudligi;

✅ Navbatlar nazorati: Elektron navbat tizimining ishlashi va fuqarolarning kutish vaqtini qisqartirish choralari;

✅ Sharoitlar: Binoning issiqlik tizimi, xonalarning sanitariya holati va laboratoriya jihozlarining sozligi.

"Bizning asosiy maqsadimiz — aholining tibbiyot tizimidan rozi bo‘lishiga erishish. Har bir murojaat ortida inson taqdiri va salomatligi turibdi," — deya ta’kidladi deputat I.Xalmatov.

 ✅O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida poliklinika faoliyatini yanada takomillashtirish choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Salomatlik — eng oliy boylik. Uni asrash yo‘lidagi islohotlar jamoatchilik nazorati ostida davom etadi.

Slide 1 of 3