Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
#jarayon

#jarayon

#Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi hamda #Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko'rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to'lash holatlari o'rganildi

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F.Sarmanov, Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, Toshkent viloyati hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha kotibiyat yetakchi mutaxassisi O.Muxtarov, Yoshlar ishlari viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi X.Raxmatillayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Babajanovlar ishtirokida tuman hududidagi "Kuchlik" MFY yettiligi faoliyati o'rganildi.

🖇O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi muammolari, bandlik masalalari hamda profilaktika ishlari tahlil qilindi.

🔷Yoshlar yetakchisi faoliyati doirasida yoshlar bilan ishlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni turli tanlovlarga jalb etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🔷Ijtimoiy xodim tomonidan kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi. Aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” asosida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📖Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2